Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekiston Afg‘onistonga insonparvarlik yordamini jo‘natdi

O‘zbekiston Afg‘onistonga insonparvarlik yordamini jo‘natdi

Foto:«Xabar.uz»

Bugun, 1-aprel kuni O‘zbekiston Prezidentining topshirig‘iga asosan Afg‘onistonga koronavirus COVID-19 kasalligi tarqalishini bartaraf etish uchun zarur bo‘lgan oziq-ovqat mahsulotlari, tibbiy buyumlar va bolalar trikotaj mahsulotlari ko‘rinishida insonparvarlik yordami yuborildi.

Tibbiy niqoblar, himoya kombinezonlari, kasallikni aniqlovchi teplovizor, pirometrlar singari tibbiy vositalar, un, yog‘, guruch va boshqa oziq-ovqat mahsulotlari hamda birinchi darajali xo‘jalik tovarlar, shuningdek jafokash afg‘on bolalari uchun trikotaj mahsulotlaridan iborat insonparvarlik yuki Angren-Toshkent-Termiz-Mozori-Sharif yo‘nalishi bo‘yicha yetkazib beriladi.

Eslatib o‘tamiz, bundan avval prezident topshirig‘iga asosan, koronavirusdan eng ko‘p aziyat chekkan Xitoy va Eronga insonparvarlik yordamini jo‘natilgan edi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring