Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Otabek Umarov: «Koronavirusga chalinganlarning shaxsiy ma’lumotlarini tarqatganlar topildi»

Otabek Umarov: «Koronavirusga chalinganlarning shaxsiy ma’lumotlarini tarqatganlar topildi»

Foto: Instagram

O‘zbekiston aralash jang san’atlari assotsiatsiyasi prezidenti va O‘zbekiston Triatlon federatsiyasi raisi Otabek Umarov koronavirusga chalingan fuqarolarimizning shaxsiy ma’lumotlarini e’lon qilgan kishilar topilganini ma’lum qildi.

#coronavirus ga chalingan yurtimiz fuqarolarining shaxsiy ma’lumotlarini e’lon qilgan kishilar topildi, ularning shaxslari huquqni muhofaza qilish idoralari tomonidan aniqlandi. Ichki ishlar vazirligining ma’lumotlariga qaraganda, hozirda ularning xatti-harakatlariga huquqiy baho berilmoqda va bu mutlaqo to‘g‘ri yondashuvdir: sababi davlat, hatto o‘zgalarning huquqlarini hurmat qilmaydigan fuqarolarning ham huquqlarini himoya qilishi kerak. ⠀

IIV va Bosh prokuratura ishchi guruhi tomonidan ijtimoiy tarmoqlarda aholi o‘rtasida vahima qo‘zg‘atadigan, asossiz ma’lumotlarni tarqatayotgan 33 ta akkaunt ham aniqlandi. Hamkorlik o‘rniga xiyonat naqadar pastkashlik, ammo bu holatda biz bunday harakatlarni milliy xavfsizligimizga tajovuz sifatida baholashimiz mumkin.⠀

Men barcha fuqarolarni tasdiqlanmagan ma’lumotlarni e’lon qilishdan o‘zlarini tiyishga chaqirmoqchiman: siz o‘zingiz istamagan holda, qonunni buzib, qoqilib qolishingiz mumkin. Koronavirusga qarshi axborot kurashiga hissa qo‘shmoqchi bo‘lganlar uchun bitta iltimos bor: faqat rasmiy manbalardan foydalaning. Ushbu og‘ir kunlarda bu jamoat tinchligini saqlashga yordam beradi, chunki epidemiyaga qarshi kurashish va yaqinlarimizni qo‘llab-quvvatlash uchun bizga sog‘lom fikr, xotirjamlik va kuch kerak, — deb yozadi Otabek Umarov.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring