Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ota-onalarga qaraganda bolalar koronavirusga kamroq chalinishi aniqlandi

Ota-onalarga qaraganda bolalar koronavirusga kamroq chalinishi aniqlandi

Foto: «Disput-pmr.ru»

Germaniyalik olimlar ota-onalarga qaraganda bolalar koronavirusni kamroq yuqtirishini aniqlashdi, deb yozadi «Spiegel» nashri.

«Bolalar koronavirus infeksiyasining asosiy tashuvchisi hisoblanmaydi. Bu, misol uchun, gripp virusida ham bilinadi», — dedi Ulm universitet klinikasining pediatriya bo‘limi direktori Klaus-Mixael Debatin.

Xaydelberg, Frayburg va Tyubingen universitet klinikalaridagi hamkasblari bilan birgalikda u kasallik alomatlari bo‘lmagan 2500 juft er-xotin va bolalarni o‘tkir va o‘tkazilgan koronavirus infeksiyasiga tekshirib ko‘rishdi. Tekshiruv 22-apreldan 15-maygacha bo‘lgan davr mobaynida Baden-Vyurtemberg federal yerida olib borildi. Olimlarning fikricha, ayni vaqtda bolalar orasida koronavirus bo‘yicha o‘tkazilgan dunyodagi eng yirik tadqiqot hisoblanadi.

Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, Baden-Vyurtembergda bolalar koronavirusga kattalarga qaraganda kamroq chalinishgan. Jami 5 mingta tekshirilgan odamdan 64 nafarining qonida koronavirusga antitanacha aniqlangan. 45 nafar ota-ona va atigi 19 ta bola allaqachon COVID ni boshidan o‘tkazishgan.

Olimlar antitanachaga ikkita test yordamida qon namunalarini tekshirishdi. Keyin esa qo‘shimcha testlarni o‘rganishdi. Biroq bular dastlabki natijalar hisoblanadi. Hali namunalarning hammasi ham tekshiruvdan o‘tmagan. Tadqiqot xulosalari iyul oyining boshlarida ilmiy jurnalda chop etiladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring