Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Og‘ir ahvolda shifoxonaga tushgan bemor hayotini saqlab qolish imkoni bo‘lmadi

Og‘ir ahvolda shifoxonaga tushgan bemor hayotini saqlab qolish imkoni bo‘lmadi

Foto: Xabar.uz

Toshkent viloyatining Zangiota tumanida yashagan 55 yoshli U.A. (erkak) 16-iyul kuni Zangiota tumanidagi «Nazarbek» yuqumli kasalliklar shifoxonasiga o‘ta og‘ir ahvolda olib kelingan. Bu haqda SSV xabar bermoqda.

Bemorda COVID-19 infeksiyasining o‘ta og‘ir kechishi va ikki tomonlama pnevmoniyaning o‘tkir respirator distress sindromi, o‘tkir nafas va yurak qon-tomir yetishmovchiligi, poliorgan yetishmovchiligi asoratlari kuzatilgan.

Bemorga mutaxassislar tomonidan onlayn konsultatsiya va konsiliumlar o‘tkazilgan, davolash jarayoni belgilangan standartlar asosida olib borilgan.

17-iyul kuni hamroh kasalliklar fonida kasallik asoratlari hisobiga ahvoli keskin og‘irlashgan bemor,  mutaxassislar tomonidan to‘liq hajmda, standart asosida o‘tkazilgan reanimatsion choralarga qaramasdan,  o‘tkir yurak qon-tomir va nafas yetishmovchiligining 4-darajasi hamda poliorgan yetishmovchiligidan vafot etgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring