Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Nyu-Yorkda yana bir o‘zbekistonlik koronavirusdan vafot etdi

Nyu-Yorkda yana bir o‘zbekistonlik koronavirusdan vafot etdi

O‘zbekistonning Nyu-York shahridagi Bosh konsulxonasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2020 yil 6 aprel kuni 1969 yilda tug‘ilgan mamlakatimiz fuqarosi R.X. koronavirus infeksiyasini yuqtirib olish natijasida mahalliy klinikada vafot etdi.

22 mart kuni R.X.da kasallikning birinchi alomatlari qayd etilgan edi, uning sog‘lig‘i keskin yomonlashishi munosabati bilan 2 aprel kuni kasalxonaga yotqizilib, o‘pkani sun’iy shamollatish apparatiga ulandi va sun’iy komaga tushirildi.

Ushbu davrda Bosh konsulxona uning qarindoshlari bilan doimiy aloqada bo‘lib turdi.

Hozirgi paytda Bosh konsulxona diasporal tashkilotlari rahbarlari va faollari bilan birgalikda uning dafn marosimi bilan bog‘liq tashkiliy masalalarni hal qilmoqda.

Konsullik-huquqiy departamenti marhumning oila a’zolari va yaqinlariga ta’ziya izhor etadi va AQShda bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolari zarur hollarda mamlakatimizning Vashington shahridagi Elchixonasi (tel: +1-202-887-5300 (ichki.1)) va Nyu-York shahridagi Bosh konsulxonasiga (tel: +1-212-754-7403) murojaat qilishlari mumkinligini eslatadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Nyu-Yorkda ikki o‘zbekistonlik vafot etgani xabar qilingan va tashqi ishlar vazirligi tomonidan ushbu xabar tasdiqlangan edi. Xabar.uz axborot-tahliliy portali tahririyati marhumlarning yaqinlariga ta’ziya izhor qiladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring