Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Nyu-York piyodalar sayr qilishi uchun 160 kilometrlik avtomobil yo‘llarini yopishga qaror qildi

Nyu-York piyodalar sayr qilishi uchun 160 kilometrlik avtomobil yo‘llarini yopishga qaror qildi

Foto: «Krastriathlon.ru»

Nyu-York hukumati koronavirus xavfi tufayli piyodalar kerakli masofani saqlagan holda erkin sayr qilishi uchun 100 mil (taxminan 160 kilometr) avtomobil yo‘llarini yopishni rejalashtirmoqda, deya ma’lum qildi shahar meri Bill de Blazio.

Nyu-York AQShda koronavirus epidemiyasi markazi hisoblanadi. Xabarlarga ko‘ra, shaharda jami 162 212 kishi COVID-19 ga chalingan, 41 648 kishi shifoxonaga joylashtirilgan, 12 571 kishi vafot etgan. Hukumat aholidan 6 futlik (1,83 m) masofani saqlashni talab qilmoqda. Bu qoidani buzganlik uchun 1000 dollargacha jarima mavjud.

«Piyodalar uchun ko‘chalarni ochib berish zarur masofani saqlashga yordam beradi. Kunlar isiy boshladi, bu biz uchun yangi qiyinchiliklarni yuzaga keltiradi, — dedi de Blazio. — May oyida 40 mil va jami 100 mil yo‘lni ochishga qaror qildik».

Uning so‘zlariga ko‘ra, asosan parklarga tutash ko‘chalarga e’tibor qaratiladi. Chunki issiq ob-havo tufayli ko‘chaga odamlar chiqishi ko‘payishi kutilyapti. Ko‘chalarni ochish orqali parklarni kengaytirish mumkin.

«Dastlabki 7,2 mil dushanba kuni ochiladi», — dedi shahar hokimi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring