Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Noxush rekordlar kun sayin yangilanmoqda

Noxush rekordlar kun sayin yangilanmoqda

Afsuski, bugun koronavirus infeksiyasiga chalinganlar va aholi orasida qayd etilishi ko‘rsatkichi bo‘yicha rekord yana yangilandi.

Shu yilning 13 iyul kuni mamlakatimizda 594 holatda kasallik qayd etilgan. Shundan 272 nafari karantin muassasalarida, 322 nafari aholi orasida aniqlangan. Bu haqda SSV matbuot xizmati xabar bermoqda.

Shu bilan birga, bugun 3 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.

Avval xabar qilinganidek, bugun Toshkent shahri va Namangan viloyatidagi tibbiyot muassasalarida 178 nafar fuqaro sog‘aydi.

Hozirda kasallik qayd etilgan jami 13591 nafar bemordan 8030 nafari sog‘ayib, davolanish ko‘rsatkichi 59 foizni tashkil etmoqda.

Ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 5498 nafar bemordan 45 nafari og‘ir, 7 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.

Hozirda mamlakatimizda uy karantinida 51 555 nafar, statsionar karantinda esa 23 860 nafar fuqaro tibbiy kuzatuvda bo‘lib turibdi.  

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring