Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Nig‘matilla Yo‘ldoshev davlat rahbari tomonidan berilgan muhim topshiriqlarni sanab o‘tdi

Nig‘matilla Yo‘ldoshev davlat rahbari tomonidan berilgan muhim topshiriqlarni sanab o‘tdi

Foto: «Xabar.uz»

O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori Nig‘matilla Yo‘ldoshev 15 iyul kuni prezident videoselektoridan so‘ng bergan intervyusida davlat rahbari tomonidan berilgan muhim topshiriqlarni sanab o‘tdi.

«Birinchi topshiriq shundan iborat bo‘ldiki, fuqarolarimiz o‘zi bezovta bo‘layotgan holatlar yuzasidan tibbiyot muassasalariga 103 raqami orqali tez yordamga murojaat qilishlarida biron bir bandlik holatlari bo‘lmasligi to‘g‘risida topshiriq berdilar.

Bu borada tegishli davlat organlarining imkoniyatlarini ishga solgan holda, murojaatlarni qabul qilish, o‘z vaqtida o‘rganish va birlamchi tibbiy yordamni o‘z vaqtida ko‘rsatish choralari ko‘riladi.

Bundan buyon har bir fuqaromiz «103»ga murojaat qilganda, bandlik holatlari, ayniqsa uzoq vaqt band bo‘lish holatlariga mutlaqo chek qo‘yiladi.

Ikkinchi topshiriq – tez tibbiy yordam xizmatini yana kuchaytirish. Bu borada tegishli malakali tibbiyot xodimlari, tibbiy texnika vositalari va transport vositalarini yanada ko‘paytirish, aholiga qulay tez yordam ko‘rsatish vazifasi oldimizga qo‘yildi.

Bundan buyon 15 daqiqadan ko‘p bo‘lmagan vaqtda zudlik bilan tez tibbiy yordam avtomashinalari tegishli xodimlar bilan yetib borishi to‘liq ta’minlanadi.

Uchinchi masala fuqarolarimizdan test namunalarini o‘z vaqtida olish va ularning javoblarini imkon qadar zudlik bilan chiqarish bo‘yicha bor imkoniyatlarni yanada safarbar qilib, test namunalari tahlillarini uzog‘i bilan ertasi kuniga chiqarib berish va javoblarni murojaat qilgan fuqarolarimizga o‘z vaqtida yetkazish choralari ham ko‘riladi.

Eng asosiy topshiriqlardan biri shu bo‘ldiki, tibbiy dori-darmonlarga, tibbiyot vositalariga bo‘lgan ehtiyojni to‘laqonli qondirishga alohida e’tibor qaratildi. Bu borada kechaning o‘zida prokuratura organlari tomonidan Toshkent shahridagi mavjud 1700dan ortiq dorixonalar rahbarlari rasman ogohlantirildi.

Koronavirusdan profilaktika qilish uchun 5 turdagi va kasallikni davolashga mo‘ljallangan 9 turdagi majburiy tartibdagi dori vositalarini kamida 1 oy, yoki 2-3 oylik zaxirasini to‘liq ta’minlash va ularni arzon narxlarda aholiga sotish tartibi ham joriy qilindi», – dedi Nig‘matilla Yo‘ldoshev.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring