Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Mutaxassislar koronavirus epidemiyasi qachon tugashini taxmin qilishdi

Mutaxassislar koronavirus epidemiyasi qachon tugashini taxmin qilishdi

Foto: «Yandex»

«Boston Consulting Group» (BCG) xalqaro kompaniyasi mutaxassislari tadqiqot o‘tkazishib, turli davlatlarda koronavirus infeksiyasi epidemiyasi va karantin choralari tugash vaqtini prognoz qilishdi.

Ekspertlar statistika va hukumat hisobotlariga tayanishdi. Bunda turli davlatlardagi muolaja samaradorligi, tibbiyotning naqadar rivojlanganligi, bugungi kunga qadar kasallanganlar soni inobatga olindi. Ularning fikricha, AQSh, Germaniya va Rossiyada karantin iyunning o‘rtalari yoki iyulning boshlarida tugashi mumkin, chunki kasallikni yuqtirish mayning boshlarida avj oladi. Buyuk Britaniyada karantin sal keyinroq, iyunning oxiri yoki iyulda bekor qilinishi mumkin — u yerda kasallanish mayning oxirgi haftasida avj olishi taxmin qilinmoqda. Braziliya, Argentina va JARda kasallanish iyunda avj oladi, shu tufayli karantin qoidalarini yozning oxirigacha cho‘zishi mumkin, deyiladi hisobotda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring