Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Mutaxassis karantin vaqtida nimalar iste’mol qilish ma’qulligini aytdi

Mutaxassis karantin vaqtida nimalar iste’mol qilish ma’qulligini aytdi

Foto: «Nastroy.net»

AOKA huzuridagi shtabda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi sanitariya-epidemiologiya nazorati davlat inspeksiyasi boshlig‘i Nurmat Otabekov ishtirokida brifing o‘tkazilmoqda.

Brifingda karantin vaqtida iste’mol qilish mumkin va mumkin bo‘lmagan oziq-ovqat maxsulotlari to‘g‘risida ma’lumot berish so‘raldi.

Nurmat Otabekovga ko‘ra, karantin va cheklov tadbirlari davomida alohida ratsion talab qilinmaydi.

«Har doimgidek ovqatlanishni davom ettirish mumkin, agar ratsionga ko‘katlar, immunitetni ko‘taruvchi, ayniqsa tarkibida S vitamini bor mahsulotlar qo‘shilsa bu albatta yaxshi bo‘ladi»,-deya javob berdi Otabekov.

Avvalroq yallig‘lanishga qarshi kurashuvchi, tanadagi zararli erkin radikallarni zararsizlantiruvchi zanjabil ziravorining foydali xususiyatlari haqida ma’lumot bergan edik.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring