Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Moliya vazirligi texnik xodimlarida koronavirus test natijalari shubhali chiqdi. Ular klinik karantinga olindi

Moliya vazirligi texnik xodimlarida koronavirus test natijalari shubhali chiqdi. Ular klinik karantinga olindi

Foto: Xabar.uz

Moliya vazirligi alohida texnik xodimlarning koronavirus test natijalari shubha tug‘dirgani va ular keyingi tekshiruvlar uchun klinik karantinga olinganini xabar qildi.

Qayd etilishicha, vazirlik jamoasi shifokorlar nazorati ostida quyidagi tartibda faoliyat olib boradi:

  1. Vazir va vazir o‘rinbosarlari boshchiligidagi rahbariyat, asosiy bo‘limlarning boshliqlari va alohida xodimlari avvalgidek, vazirlik binosida ish olib boradi.
  2. G‘aznachilik ham hisobvaraqlar bo‘yicha barcha xizmatlarni taqdim etgan holda o‘z faoliyatini davom ettiradi. Buning uchun tegishli xodimlar jalb qilinadi va ular alohida binoda mustaqil ishlaydi.
  3. Qolgan xodimlar masofadan ishlashni davom ettiradi.

Ish haqi va nafaqalar ajratilishi to‘xtamaydi, shuningdek vazirlikka yuklatilgan barcha vazifalar va funksiyalar belgilangan tartibda bajariladi. Viloyat, tuman, shahar moliya va g‘aznachilik bo‘limlari o‘z faoliyatini odatdagidek davom ettiradi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring