Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Milliardlab insonlarning umid ko‘zlari sizga qadalgan» – vazir

«Milliardlab insonlarning umid ko‘zlari sizga qadalgan» – vazir

Foto: SSV matbuot xizmati

Bugun yurtimizda koronavirus infeksiyasiga chalingan bemorlardan yana 8 nafari butunlay sog‘ayib, ushbu darddan forig‘ bo‘lganlar 38 nafarga yetgani haqida xabar bergandik.

Shu munosabat bilan, bemorlarning dardiga malham bo‘layotgan Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti klinikasi jamoasiga Sog‘liqni saqlash vaziri Alisher Shodmonov chuqur minnatdorlik bildirdi.

– Sababi ular bugungi kun qahramonlari. Bu e’tirof dunyoning barcha mintaqalarida, davlatlarida yangrayotgani ham bejiz emas. Chunki jahon bo‘ylab insonlar hayotiga tahdid solayotgan koronavirus infeksiyasiga qarshi, birinchi navbatda, shifokorlar jasorat va matonat ko‘rsatishmoqda. Yuz minglab bemorlarning hayoti uchun kecha-yu kunduz jon kuydirayotgan tibbiyot xodimlariga milliardlab insonlarning umid ko‘zlari qadalgan. Darddan forig‘ bo‘layotgan insonlar quvonchi esa qahramon tibbiyot xodimlariga kuch-g‘ayrat, ishtiyoq bag‘ishlamoqda.

Bunday vatanparvarlik namunasini mamlakatimizda faoliyat yuritayotgan minglab shifokorlarimiz misolida ham ko‘rishimiz mumkin. Ular oilasi, yaqinlari, xalqimiz uchun maxsus tibbiyot va karantin muassasalarida koronavirus infeksiyasi tarqalishining oldini olishga astoyidil harakat qilishmoqda. Shunday ekan, ular mehnati har qancha ehtiromga munosibdir, – deydi vazir.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring