Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

MIB Toshkent shahar boshqarmasi: «Sizga ham qulay, bizga ham...»

MIB Toshkent shahar boshqarmasi: «Sizga ham qulay, bizga ham...»

Inson uchun salomatlikdan ortiq nima bor?

Hech nima!

Sog‘liq - oliy ne’mat ekani, ayniqsa bugun o‘zgacha his etilmoqda. Zero, aynisinovli kunlar har kimdan nainki o‘zi, balk o‘zgalarning ham salomatligini asrashni talab etmoqda. Chunki, ko‘rib-bilib turibmiz - koronavirus degan balo na millat, na maskan va na yosh tanlayotir!

Bugun, vaziyat taqazosiga ko‘ra, fuqarolarimizning asosiy qismi o‘z uyida qolmoqda. Bu o‘z-o‘zidan energiya resurslariga bo‘lgan ehtiyoj sezilarli darajada ortishiga olib kelishi tabiiy.

Shu o‘rinda alohida qayd etish shart: bu jarayonda foydalanilgan elektr va tabiiy gaz uchun to‘lovlarni amalga oshirmasa ham bo‘lar ekan, degan fikr - noto‘g‘ri! Tabiiy resurslar iste’moli uchun to‘lov albatta amalga oshiraladi!

Majburiy ijro byurosi (MIB) xodimlari to‘lov madaniyati va ijro intizomiga rioya etuvchi va fuqarolarni aslo bezovta qilmaydi.

MIB Toshkent shahar boshqarmasi bugungi vaziyatdan kelib chiqib, iste’molchilarni ortiqcha bezovta qilmaslik, turli ovoragarchiliklarga chek qo‘ygan holda hisob-kitobni to‘g‘ri amalga oshirish maqsadida Byuroning poytaxtdagi har bir tuman bo‘limi telegramm tarmog‘ida o‘z manzilini ochdi. Fuqarolarimiz har oy tabiiy gaz va elektr energiyasi hisoblagich ko‘rsatkichlarini fotosuratga olib, o‘zlari yashab turgan tumandagi Byuro bo‘limining telegram manziliga (belgilangan namunada) yuborishi mumkin. Shunga qarab, Byuro xodimlari tegishli hisob-kitoblarni amalga oshirish borasida ma’lumot, tavsiya va tushuntirishlar beradi.

Byuroning davlat inspektorlari tomonidan olib borilgan to‘g‘ri tushuntirish ishlari natijasida juda ko‘p iste’molchilar Byuroning tuman bo‘limi telegramm kanallariga darhol a’zo bo‘lishdi. Bu fuqarolarimizning tinchligi, xotirjamligi uchun qilinayotgan sa’y-harakatlar ekanini tushunishdi.

Bugungi kunda telegramm kanallariga (kuniga) 300 dan ortiq iste’molchilar o‘z savollari bilan murojaat qilishmoqda. Energiya resurslaridan bo‘lgan qarzdorliklarini o‘z uylarida qolib, bilish imkoniga ega bo‘lishmoqda.

Albatta, biz birgalikda katta kuchmiz. Xalq salomatligi, Vatan farovonligi uchun bugun har birimiz mas’ulmiz. Sinovli vaziyatlar ortda qoladi.O‘zaro tushunish, jipslik bo‘lsa, bas!

«Iste’mol madaniyati yosh tanlamaydi» deydilar. Bugun uyda - oila davrasida ekansiz farzandinlaringizga ham energiya resurslaridan oqilona, tejamkorona foydalanishni va o‘z vaqtida to‘lovlarni amalga oshirishni yana bir bor o‘rgatib boring. Bu foydadan holi emas, albatta.

Ushbu havola orqali MIB Toshkent shahar boshqarmasining barcha tuman bo‘limlari telegramm kanallarining elektron manzillarini bilib olishingiz mumkin.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring