Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«Menga kasal yuqmaydi», deya ko‘chada yurgan 78 yoshli fuqaro javobgarlikka tortildi

«Menga kasal yuqmaydi», deya ko‘chada yurgan 78 yoshli fuqaro javobgarlikka tortildi

Respublika maxsus komissiyasining qaroriga asosan joriy yilning 6 aprel soat 06:00dan e’tiboran «o‘zini yakkalash» hayot tarzi Nukus va Toshkent shaharlari hamda viloyatlar markazlarida majburiy ravishda joriy etilib, mototransportda (mototsikl, skuter, velosiped, yuk tashuvchi aravalar) harakatlanish cheklangan edi.

Ushbu chora-tadbirlarga asosan Sirdaryo viloyatining 11 shahar-tumanlarida karantin guruhi ish boshlagandi. Joriy yilning 8 aprel kuni soat 20:00ga qadar viloyat hududida karantin qoidalariga bo‘ysunmagan 2920 ta holat aniqlanib, fuqarolarga tegishli tartibda qonunchilikka muvofiq jarima jazolari qo‘llanildi.

Achinarlisi shundaki olib borilayotgan tushuntirish targ‘ibot ishlariga qaramasdan karantin qoidalariga beparvolik bilan qarab «Menga bu kasal yuqmaydi», — deb kelishmoqda. Sirdaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosarlari boshchiligida Sirdaryo tumanida o‘tkazilgan reyd davomida velosipedda bemaqsad harakatlanib ketayotgan 1942 yilda tug‘ilgan fuqaro N.X. karantin qoidalarini buzganligi aniqlanib, ma’muriy javobgarlikga tortildi.

HURMATLI FUQAROLAR!

O‘zingiz va o‘zgalar hayotini asrang. Uyda qoling!

Sirdaryo viloyati IIB Axborot xizmati

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring