Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Mana senga o‘sha kayf

Mana senga o‘sha kayf

Foto: «rtbf.be»

May oyining oxirida Ispaniyaga safari chog‘ida koronavirusni yuqtirib olgan Belgiya shahzodasi Ioaxim karantin qoidalariga amal qilmaganini tan oldi, deya xabar berdi «RTBF» telekanali.

Belgiya qiroli Filippning jiyani va malika Astridning 28 yoshli o‘g‘li o‘zining advokati orqali «qattiq afsusda ekanligini va barcha oqibatlar uchun javob berishga tayyorligini» bildirgan.

Ispan ommaviy axborot vositalarining xabar berishicha, shahzoda Ioaxim o‘quv amaliyotini o‘tash uchun 24-may kuni Madridga kelgan. Biroq o‘sha kunning o‘zidayoq Kordovaga otlangan. U yerda 26-may kuni yaqinlari va do‘stlari bilan bazm uyushtirgan. Shodiyonada jami 27 nafar mehmon qatnashgan. Vaholanki Ispaniyada cheklovlar olib tashlangan taqdirda ham, tadbirda 15 nafargacha odam ishtirok etishiga ruxsat berilgan.

Keyingi kuni Ioaxim o‘zida koronavirus alomatlarini sezgan. 28-may kuni COVID-19 ga topshirgan test natijasi musbat chiqqan.

Andalusiya hukumati bayramda mehmonlar soni buzilishini qayd etib, tegishli idoralarga xat yuborgan.

Yevropada koronavirusning eng dahshatli asoratlaridan birini boshidan kechirgan ispanlar belgiyalik shahzodaning mas’uliyatsiz xatti-harakatini qattiq qoraladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring