Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Lukashenko: «Belarus koronavirusni yengdi»

Lukashenko: «Belarus koronavirusni yengdi»

Foto: «Izvestiya»

Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko mamlakat koronavirusni yengganini ma’lum qildi.

Pandemiya cho‘qqisi bosib o‘tildi, virusning kunlik qayd etilishi kamaymoqda, biroq xotirjamlikka berilishga erta, dedi davlat rahbari.

«Sog‘liqni saqlash tizimimiz turib berdi. Koronavirusni yengganimizni shu bugunoq aytishimiz mumkin, biroq kurash ishtiyoqimizni susaytirmaymiz», — «BelTA» Lukashenkodan ana shunday iqtibos keltirdi.

Lukashenko «epidemiya ustidan uzil-kesil zafar qozonilganidan so‘ng» kurashda eng oldingi safda bo‘lganlar, vrachlar bilan uchrashishga va’da berdi.

«Worldometer» ma’lumotiga ko‘ra (02.07.2020, soat 15:50), Belarusda pandemiya davrida koronavirusni yuqtirish bo‘yicha jami 62 698 ta holat qayd etilgan, kasallikdan tuzalganlar soni — 48 738 nafar (77 foiz), qurbonlar soni — 405 nafar. 13 555 nafar bemor davolanmoqda...

Belarusda iyunda virusni yuqtirish bo‘yicha kunlik holatlar kamayishni boshlagan. Manba: «Worldometer»
Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring