Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«Kovid markazlarida joy qolmayapti» — Ortiqxo‘jayev (video)

«Kovid markazlarida joy qolmayapti» — Ortiqxo‘jayev (video)

Videodan kadrlar

Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati Jahongir Ortiqxo‘jayevning Chilonzor tumanida joylashgan «Atlas» savdo markazidagi kovid markaziga borgani haqida video e’lon qildi.

Videoda kovid markazida bemorlar ko‘p ekani, yangi kasallar ketma-ket olib kelinayotganini kuzatish mumkin. Shahar hokimi bemorlardan vaksina olgani yoki yo‘qligi haqida so‘raydi. Ularning aksari emlanmaganini bildirgan.

«Vaksina olishni tezlatishimiz kerak. Bemorlar bunday ko‘payaversa joy topib bera olmaymiz. Odamlar o‘zini ham o‘ylashi kerak. Vaksina olganlar necha kunda tuzalyapti? Reanimatsiyaga tushganlari bormi?», deb so‘raydi hokim shifokorlardan.

Shifokorning qayd etilishicha, vaksina olib, koronavirusga chalinganlar 5-6 kunda asoratlarsiz tuzalishmoqda. Reanimatsiyaga tushganlar yo‘q.

«Shuning uchun vaksina olishni ko‘paytirish kerak. Shifokorlar ham charchadi, 24 soatlab ishlashmoqda. Hali oldimizda og‘ir kunlar turibdi. Kundan kunga koronavirusga chalingan bemorlar soni oshyapti, vaziyat ham og‘irlashib boryapti», dedi Ortiqxo‘jayev.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring