Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Koronavirusning tashqi buyumlarda ham bir necha soat yashay olishi ma’lum bo‘ldi

Koronavirusning tashqi buyumlarda ham bir necha soat yashay olishi ma’lum bo‘ldi

Illyustrativ foto

Bir guruh olimlar yangi koronavirusning aksariyat buyumlar sathida 73 soatgacha yashay olishini aniqlashdi. Bu haqda The New England Journal of Medicine jurnali maqola chop etdi.

Ma’lum bo‘lishicha, koronavirus plastik va zanglamaydigan po‘latda mis va kartonga nisbatan ko‘proq yashay oladi. U misda to‘rt soatgacha, kartonda 24 soatgacha, plastik va zanglamaydigan po‘latdan ikki-uch kungacha patogen bo‘lib qoladi.

Eslatib o‘tamiz, Jahon sog‘liqni saqlash vazirligi COVID-19 koronavirusi avj olishini pandemiya deb tan olgan. Koronavirus dunyoning 150 dan ziyod davlatida, shu jumladan, O‘zbekistonda ham aniqlangan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring