Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Koronavirusning eng birinchi alomatlari

Koronavirusning eng birinchi alomatlari

Foto: «Islam.ru»

Oliy toifali shifokor-otolaringolog Vladimir Zaysev koronavirusga chalingan bemorlarda dastlabki ikki-uch kunda kuzatiladigan alomatlarni ma’lum qildi. Bu haqda u «Zvezda» telekanaliga bergan intervyusida aytib o‘tgan.

Shifokorning so‘zlariga ko‘ra, agar odam spirtli ichimlik iste’mol qilmagan bo‘lsa-da, o‘zida abstinent sindromga yaqin holatni kuzatsa, sog‘ligiga jiddiy e’tibor berishi zarur. Chunki bu koronavirusning eng birinchi alomatlari bo‘lishi mumkin: «Madorsizlik, og‘irlik hissi, qaqshash, qaltirash, ko‘z oldida og‘riq, charchoq paydo bo‘ladi, lekin isitma chiqmaydi».

Shundan keyin kasallikning asosiy alomatlari boshlanadi. Shifokorning fikricha, so‘ngra infeksiya halqum va bo‘g‘izga tushib, tomoqni qichita boshlaydi, keyin esa traxeyaga o‘rnashib, spazm va bo‘g‘ilishga sabab bo‘ladi. Odam asfiksiya, havo yetishmasligidan qiynala boshlasa, bilingki, infeksiya allaqachon bronxlarga yetib borgan bo‘ladi. Bunday holatda zudlik bilan tez tibbiy yordam ko‘rsatish talab etiladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring