Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Koronavirusning 10 ta tiposti aniqlandi. Ayniqsa, ona virus xavfli ekan

Koronavirusning 10 ta tiposti aniqlandi. Ayniqsa, ona virus xavfli ekan

Foto: «Thinkglobalhealth.org»

Hindistonlik olimlar koronavirusning 10 ta tipostini aniqlashdi. Ulardan biri dominant bo‘lib chiqdi. Bu haqda «India Times» nashri xabar berdi.

Tadqiqotni Biotibbiy genomika milliy institutidan Nidxan Bisvas va Partxa Majumder olib borishgan. Olimlar SARS-CoV-2 ning turli 10 ta tipostini aniqlashdi. Ular taxminan to‘rt oy davomida onalik O virusidan mutatsiya yo‘li bilan hosil bo‘lgan. O tipini mutaxassislar Xitoyning Uxan shahrida tarqalgan koronavirusning asosiy turi ekanligini aytishmoqda.

Jami 10 ta tipostidan A2a tipi eng kuchli bo‘lib chiqdi. Virus odamning o‘pkasiga ko‘p miqdorda kirib, bemorga kasallik yuqtiradi va infeksiyaning tarqalishiga olib keladi. Olimlarning aytishicha, COVID-19 sayyoraning barcha qit’alariga juda tez tarqalishiga aynan shu sabab bo‘lgan.

Tadqiqotchilar ommabop GISAID kutubxonasi tahlillariga tayanib virusning dominant tipostini aniqlashga muvaffaq bo‘lishdi. Uning tarkibida 2019-yil dekabrdan 2020-yil aprelgacha 55 ta mamlakatda to‘plangan 3600 koronavirusning RNK ketma-ketligi mavjud.

Olimlar A2a virus zarralari bemorning tomog‘i orqali o‘pkaga tushishini aniqlashdi. Mutatsiya tufayli virus o‘pka hujayralari bilan aloqa qilish uchun zarur bo‘lgan oqsilning asosiy tarkibiy qismini o‘zgartirdi. Bu uning bemor organizmida tezda joylashib olishiga imkon beradi. Hindistonda kasallangan odamlardan olingan namunalarning 47,5 foizida aynan A2a topilgan: ularning aksariyat qismi mamlakatdan chetga chiqishmagan.

Jurnalistlarning ta’kidlashicha, olimlar bor-yo‘g‘i 35 ta namunaga asoslanishgan. Bu juda kam. Biroq nima bo‘lganda ham tadqiqot koronavirusning tarqalish yo‘lini, kasallanganlarning etnik tarkibidan virusni yuqtirish ehtimolini tushunishga hamda COVID-19 ga qarshi vaksina ishlab chiqishga yordam beradi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring