Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Koronavirusga qarshi kurashda vafot etgan shifokorlar haqida kitob chiqarish taklif etildi

Koronavirusga qarshi kurashda vafot etgan shifokorlar haqida kitob chiqarish taklif etildi

24-dekabr kuni «COVID-19: Koronavirusga qarshi kurashda milliy tajriba» mavzusida «Xalqaro press klub» sessiyasi bo‘lib o‘tgani haqida xabar berilgandi.

Tadbirda qatnashgan jurnalist Abror Zohidov koronavirusga qarshi kurashda vafot etgan shifokorlar haqida maxsus xotira kitobi chiqarish taklifini bildirdi.

– Ma’lumki, pandemiya tufayli juda ko‘p insonlarni yo‘qotdik. Shaxsan o‘zimning ikki tog‘am va bir xolam shu kasallikdan nobud bo‘ldi. Ayniqsa bu kasallikka qarshi kurashda birinchi qatorda turgan shifokorlar orasida yo‘qotishlar ko‘p bo‘ldi. Taklifim shundan iboratki, Sog‘liqni saqlash vazirligi o‘sha shifokorlarga atab xotira kitobi chiqarsin. Ular millat qahramonlari va unutilmasliklari kerak. Toki farzandlari ota-onalari bilan faxrlanib yurishsin, – dedi jurnalist.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring