Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Koronavirusga qarshi kurashayotgan tibbiyot xodimlariga qo‘shimcha to‘lovlarning yangi miqdori belgilandi

Koronavirusga qarshi kurashayotgan tibbiyot xodimlariga qo‘shimcha to‘lovlarning yangi miqdori belgilandi

Hukumatning tegishli qaroriga (№461, 04.08.2020y) ko‘ra, koronavirus infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurashishga ixtisoslashgan maxsus poliklinikalar («COVID markaz») xodimlarining lavozim maoshiga 6 foiz miqdorida har kunlik qo‘shimcha to‘lovlar o‘rniga quyidagi miqdorlarda har oylik moddiy rag‘batlantirish to‘lovlari belgilandi:

vrach xodimlarga — 2,5 million so‘m;

o‘rta tibbiyot xodimlariga — 1,5 million so‘m;

kichik tibbiyot xodimlariga — 1,0 million so‘m;

boshqa xodimlarga — 500 ming so‘m.

Shuningdek, ushbu qarorga binoan, Sog‘liqni saqlash vazirligining ixtisoslashgan tibbiyot majmualari negizida koronavirus infeksiyasi bilan kasallangan bemorlarni davolashga mo‘ljallangan maxsus «1-son Zangiota» va «2-son Zangiota» shifoxonalari tashkil etiladi.

Quyidagilar:

«Universal» sport majmuasida tashkil etilgan 750 o‘ringa mo‘ljallangan vaqtinchalik shifoxona Ichki ishlar vazirligining markaziy gospitaliga;

«O‘zekspomarkaz» MKK AJ 1 va 2-son pavilonida tashkil etilgan 814 o‘ringa mo‘ljallangan vaqtinchalik shifoxona Mudofaa vazirligining markaziy harbiy klinik gospitaliga;

«Nazarbek» sog‘lomlashtirish maskanida tashkil etilgan 350 o‘ringa mo‘ljallangan vaqtinchalik shifoxona Milliy gvardiya va «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJga;

Yoshlik sport majmuasida tashkil etilgan 520 o‘ringa mo‘ljallangan vaqtinchalik shifoxona Davlat xavfsizlik xizmatining markaziy harbiy gospitaliga;

«O‘zekspomarkaz» MKK AJ 3 va 4-son pavilonida tashkil etilgan 1000 o‘ringa mo‘ljallangan vaqtinchalik shifoxona, Sergeli tumanidagi 2-son Bolalar va o‘smirlar sport maktabida tashkil etilgan 250 o‘ringa mo‘ljallangan vaqtinchalik shifoxona va Olimpiya zaxiralari sport saroyida 500 o‘ringa mo‘ljallangan vaqtinchalik shifoxona Toshkent shahar hokimligiga biriktirildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring