Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Koronavirusga qarshi kuchli immun reaksiya hayot uchun xavfli bo‘lib chiqdi

Koronavirusga qarshi kuchli immun reaksiya hayot uchun xavfli bo‘lib chiqdi

Foto: «MedicalXpress»

Koronavirus odam organizmiga tushgach, kuchli immunitet reaksiyasiga sabab bo‘ladi. U esa o‘z navbatida infeksiya tarqalishiga qarshi kurashishga xalaqit beradi. San-Fransisko universiteti olimlarining bu xulosasi «MedicalXpress» portalida chop etilgan.

Ekspertlarning aniqlashicha, organizm kasallikni yuqtirgandan bir necha daqiqa o‘tgach virusga qarshi kurashishga kirishadi. Aynan immunitetning tezkor va kuchli reaksiyasi tufayli kasallikning 11-kuni bemorlarda ko‘pincha og‘ir pnevmoniya kelib chiqadi. U o‘tkir respiratorli distress-sindrom deb ham ataladi.

Shuningdek, olimlar o‘z tadqiqotlari orqali koronavirus nafaqat odamning nafas olish tizimlari hujayralariga, balki boshqa a’zolarga ham kirishini aniqlashdi. U odam hujayrasining himoya to‘siqlarini bemalol yorib o‘tadigan oqsilli «tig‘lar» yordamida harakat qiladi. Shunga qaramay, nafas olish tizimi infeksiyaning organizmga kirishi uchun eng oson yo‘l hisoblanadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring