Koronavirusga chalinganlar soni 555 nafarga yetdi
2020-yil 9-aprel soat 10:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 555 nafarni tashkil qilmoqda. Bu haqda sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.
Kecha, 8-aprel soat 23:00 holatiga ko‘ra, koronavirusga chalinganlar soni 546 nafarga yetgani xabar qilingan edi. O‘tgan vaqt davomida yana 9 kishida koronavirus infeksiyasi aniqlangan.
Eslatib o‘tamiz, ushbu kasallikdan butunlay sog‘ayganlar soni hozirda 30 nafarni tashkil etmoqda. Uch kishi esa vafot etgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter