Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Koronavirusga chalingan poytaxtlik yana bir bemor vafot etdi

Koronavirusga chalingan poytaxtlik yana bir bemor vafot etdi

Foto: «Xabar.uz»

Chilonzor tumanida yashovchi 66 yoshli I.I.da (erkak) joriy yilning 5-iyulida hansirash, yo‘tal paydo bo‘lgan va uy sharoitida davolanishni boshlagan, deb xabar bermoqda SSV matbuot xizmati.

Ammo ahvoli og‘irlashavergach, 8-iyul kuni tez tibbiy yordam mashinasida Zangiota tuman ko‘p tarmoqli yuqumli kasalliklar shifoxonasiga olib kelingan. Nafas yetishmovchiligi belgilari kuchaygani sababli reanimatsiya bo‘limiga  yotkizilgan. Unga «COVID-19» infeksiyasi o‘ta og‘ir kechishi, ikki tomonlama pnevmoniya tashxisi qo‘yilgan. Kasallik o‘tkir nafas hamda surunkali buyrak yetishmovchiligi bilan kechgan.

Shuningdek, yurak ishemik kasalligi, gipertoniya, qandli diabet, bosh miya qon tomirlari aterosklerozi kabi hamroh kasalliklari bilan ham og‘rigan.

Shifoxonada bemorning davolanishi davomida tibbiyot mutaxassislari tomonidan konsiliumlar qilingan, davolash jarayoni mutaxassislar tavsiyasi asosida olib borilgan.

Biroq shifokorlar tomonidan standartlar asosida o‘tkazilgan reanimatsion muolajalarga qaramasdan bemorning ahvoli keskin og‘irlashib, o‘tkir nafas, surunkali buyrak hamda o‘pka-yurak yetishmovchiligidan vafot etgan.

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring