Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Koronavirusga chalingan surxondaryolik 40 yoshli bemor vafot etdi

Koronavirusga chalingan surxondaryolik 40 yoshli bemor vafot etdi

Surxondaryo viloyati Termiz shahrida yashagan 40 yoshli T.X. (erkak)da 12-iyul kuni «COVID-19» tasdiqlangan va u viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi reanimatsiya bo‘limiga yotqizilgan. Bu haqda SSV matbuot xizmati xabar berdi.

Unga «COVID-19» infeksiyasining o‘ta og‘ir kechishi, ikki tomonlama pnevmoniya tashxisi qo‘yilgan. Xastalik o‘tkir nafas yetishmovchiligi, o‘tkir respirator distress sindromi, o‘tkir yurak qon-tomir yetishmovchiligi, poliorgan yetishmovchiligi asoratlari bilan kechgan.

Shuningdek, bemor gipertoniya hamroh kasalligi bilan ham og‘rigan.

Bemorga mutaxassislar tomonidan onlayn konsultatsiya va konsiliumlar o‘tkazilgan, davolash jarayoni belgilangan standartlar asosida olib borilgan.

Biroq shifokorlar tomonidan standartlar asosida o‘tkazilgan reanimatsion muolajalarga qaramasdan bemorning ahvoli keskin og‘irlashib, o‘tkir nafas va yurak qon-tomir yetishmovchiligi, terminal o‘pka shishidan vafot etgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring