Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Koronavirusga chalingan odam organizmida qanday o‘zgarishlar kuzatiladi?

Koronavirusga chalingan odam organizmida qanday o‘zgarishlar kuzatiladi?

Foto: «Yandeks»

Shifokor-patologoanatom Darya Sitovskaya koronavirusni yuqtirgan odam tanasidagi o‘zgarishlar hamda o‘pkada qanday muammolar kelib chiqishi haqida so‘zlab berdi.

«O‘pka og‘ir kechgan grippdagidek zararlanadi. Kasallik o‘ziga xos bosqichga, patogenezga va ta’sir qilish joylariga ega», — deydi u. Sitovskayaning so‘zlariga ko‘ra, koronavirus tanani kislorod bilan ta’minlashga javobgar o‘pka alveolalarini shikastlaydi — natijada qon kislorodga to‘yinmaydi, boshqa a’zolarga ham yetarlicha yetib bormaydi.

Mutaxassis kislorod tanqisligidan eng ta’sirlanadigan a’zo miya ekanini alohida eslatdi. «Odam hushidan ketishi, nafas yetishmasligi zo‘rayishi mumkin», — deb ta’kidlaydi patologoanatom. Shuningdek, u jiddiy o‘pka zararlanishida ekstrakorporal oksigenatsiya usuliga zarurat tug‘ilishini qo‘shimcha qildi.

Shifokor koronavirusdan vafot etgan odamning o‘pkasi zich, to‘q-qizil, havosiz, bilinar-bilinmas shishgan bo‘lishi, sog‘lom o‘pka esa idish yuvadigan yumshoq va elastik gubkaga o‘xshashiga urg‘u berdi. Koronavirusga chalingan odam ko‘pincha hamroh kasalliklar asorati tufayli hayotdan ko‘z yumadi. Virus esa shunchaki jarayonni tezlashtirib yuboradi, xolos.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring