Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Koronavirusga chalingan bemorlar uchun shifoxonada tayyorlanadigan taomlar (foto)

Koronavirusga chalingan bemorlar uchun shifoxonada tayyorlanadigan taomlar (foto)

Foto: SSV matbuot xizmati

Koronavirus kasalligiga chalingan bemorlarda immunitet holati muhim ahamiyatga ega. Shu bois, uni mustahkamlash uchun taomnomada oqsilga boy oziq-ovqat mahsulotlari bo‘lishi lozim.

Xo‘sh, Zangiota yuqumli kasalliklar shifoxonalarida bemorlarning kunlik ratsionidan qanday oziq-ovqat mahsulotlari o‘rin olgan? SSV Matbuot xizmati mazkur shifoxona blok rahbari Baxshillo Mamirovga bir necha savollar bilan murojaat qildi.

— Markaz oshxonasi qanday faoliyat yuritadi?

— Tibbiyot muassasasining oshxonasi autsorsing tizimida ishlaydi, — deydi B.Mamirov. — Shifoxonaning statistika bo‘limiga har kuni  ikki marta — ertalab va kechqurun bemorlar soni bo‘yicha to‘liq ma’lumot beriladi. So‘ng ushbu ma’lumot asosida taom tayyorlanadi.

Shuni aytish lozimki, shifoxonada har bir bemorga individual yondashilgan holda 1-, 9- va 15-stolda parhez  taomlari  tayyorlanadi. 1-stol reanimatsiya bo‘limi,  9-stolda qandli diabet  kasalligi  bor bemorlar uchun taom tayyorlansa,  15-stol  esa  odatdagi bemorlar  uchun mo‘ljallangan bo‘ladi. Barcha taomlar  sanitariya qoidalariga va parhez  taomlari tayyorlanish  texnologiyalariga rioya  qilingan  holda  tayyorlanadi. Koronavirusga chalingan bemorlar taomnomasi har 14 kunda yangilanadi.

 Ertalabki nonushtada turli bo‘tqalar, tuxum, brinza, pishloq, qovurilgan kolbasa, smetana, kakaoli sut, shirin choy, bulochka, sariyog‘ berilsa, tushlikka immunitetni ko‘taruvchi oqsilga boy ikki xil ovqat, salat, sharbat tayyorlanadi.

— Taomlar qanday yetkazib beriladi?

— Taomni yetkazib berish jarayoni ham bir necha bosqichlardan iborat bo‘lib, ovqat tayyor bo‘lgach, maxsus idishlarga solinadi va tarozida o‘lchanib, bo‘limlarga maxsus avtomashinalarda olib boriladi.

So‘ng taom palatalar bo‘ylab tarqatiladi. Har bir palatadagi bemor uchun alohida idish ajratilgan bo‘lib, taomdan so‘ng ular uch bosqichda dizenfeksiya qilinadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring