Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Koronavirusga chalingan 63 yoshli ayol vafot etdi

Koronavirusga chalingan 63 yoshli ayol vafot etdi

1957 yilda tug‘ilgan poytaxtlik X.da shu yilning 30 may kuni Covid-19 aniqlanib, Toshkent tibbiyot akademiyasining ko‘p tarmoqli klinikasiga yotqizilgan edi. 63 yoshli (ayol) bemor shu yilning yanvar oyida bosh miya qon aylanishining o‘tkir buzilishi (insult) tashxisi bilan davolangan.

Bemorning davolanishi davomidagi kunlik ahvoli mamlakatimizdagi shu sohaga ixtisoslashgan tibbiyot muassasalarining mutaxassislari nazoratida bo‘lgan. Ular tomonidan muntazam konsiliumlar o‘tkazib turilgan. Biroq nevropatolog, kardiolog, virusolog, pulmonolog, reanimatologlarning belgilangan standartlar asosida o‘tkazgan reanimatsion muolajalariga qaramasdan sun’iy nafas olish apparatida bo‘lgan bemor bosh miya qon aylanishining o‘tkir buzilishi, o‘pka-yurak yetishmovchiligidan vafot etdi.

O‘zbekistonda koronavirusdan vafot etganlar 15 nafarga yetdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring