Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Koronavirus: Yaponiyada kundan-kunga rekordlar yangilanmoqda

Koronavirus: Yaponiyada kundan-kunga rekordlar yangilanmoqda

Foto: «Yandex.ru»

Yaponiyada koronavirus infeksiyasini yuqtirish soni bo‘yicha rekord ko‘rsatkich qayd etildi. Bu haqda Jons Xopkins universiteti xabar bergan.

31-iyul holatiga ko‘ra, 1463 kishi koronavirusga chalingan. Bu ikkinchi kun ketma-ket rekord yangilanayotgani: kuni kecha, ya’ni 30-iyul kuni 1367 ta yuqtirish holati qayd etilgandi.

Shunga qaramay, kunchiqar o‘lkada o‘lim darajasi rekord darajada kam: iyul oyida o‘lim soni kuniga beshtadan oshmadi. Taqqoslash uchun, may oyida kuniga 50 talab odam hayotdan ko‘z yumgan.

Yaponiyada 36 180 kishi koronavirusga chalingan. Kasallanganlarning yarmi — 12 mingtasi Tokio hissasiga to‘g‘ri keladi. Ulardan 6 ming nafari iyul oyida aniqlangan. Mamlakatda koronavirusdan 1007 kishi vafot etgan bo‘lsa, 24 774 kishi tuzalgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring