Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Koronavirus holati bemorlar bilan muloqotda bo‘lganlar orasida qayd etildi (+172)

Koronavirus holati bemorlar bilan muloqotda bo‘lganlar orasida qayd etildi (+172)

Foto: «Welcomeasy.app»

2020-yil 23-sentyabr soat 23:30 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 53 447 (+172) nafarni tashkil etmoqda.

SSV xabariga ko‘ra, yangi kasallanish holatlarining 124 nafari Toshkent viloyatida, 48 nafari Toshkent shahrida tana harorati ko‘tarilganligi hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

E’tiborli jihati, bugun Toshkent shahrida 337 nafar, Toshkent viloyatida 124 nafar, Namangan viloyatida 98 nafar, Andijon viloyatida 17 nafar, Samarqand viloyatida 14 nafar, Qashqadaryo viloyatida 12 nafar, Qoraqalpog‘iston Respublikasida 4 nafar hamda Navoiy viloyatida 2 nafar bemor tuzaldi.

Shunday qilib, yurtimizda 49 832 (+608) nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (93 foiz) sog‘aygan.

Hozirda mamlakatimizda 3 171 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring