Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Koronavirus aniqlangan eng so‘nggi bemor haqida ma’lumot berildi. U Qashqadaryoda davolanmoqda

Koronavirus aniqlangan eng so‘nggi bemor haqida ma’lumot berildi. U Qashqadaryoda davolanmoqda

Illyustrativ foto

Avval xabar berganimizdek, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi bilan zararlanganlar 145 nafarni tashkil qilmoqda.

Infeksiyani yuqtirib olgan eng so‘nggi bemor ikkinchi vafot etgan marhum bilan muloqotda bo‘lgan 14 yoshli  jiyani  ekanligi ma’lum qilindi.

SSV matbuot xizmati xabariga ko‘ra, u ayni paytda Qarshi shahrida joylashgan Qashqadaryo viloyati yuqumli kasalliklar shifoxonasida davolanmoqda. Bemorning holati o‘rta og‘ir darajada. Bemor bilan muloqotda bo‘lgan yaqinlari va boshqa fuqarolar salomatligi ham qat’iy nazoratga olingan.

Eslatib o‘tamiz,  ayni paytda yana ikki nafar qashqadaryolik bemor poytaxtimizdagi Virusologiya ilmiy tekshirish instituti klinikasida davolanmoqda. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring