Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Kim Chen In koronavirusga qarshi emlandimi?

Kim Chen In koronavirusga qarshi emlandimi?

Foto: «Lenta»

Xitoy Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In va uning oilasiga koronavirusga qarshi eksperimental vaksinani yubordi. Bu haqda yapon razvedkasi manbasiga tayanib «Reuters» xabar berdi.

Qayd etilishicha, Kim Chen In, oilasi va yana bir qancha yuqori martabali amaldorlar emlanishgan. Biroq aynan qaysi kompaniya ularga o‘z preparatini taqdim etgani, xavfsizlik darajasi haqida ma’lumot berilmagan. KXDR TIV ushbu ma’lumotni tasdiqlamadi, lekin inkor ham etmagan.

Ba’zi ekspertlar KXDR yetakchisi chindan ham vaksina qabul qilishiga shubha qilishmoqda.

«Hatto, Xitoy vaksinasi tasdiqlangan taqdirda ham, u bunday tavakkal qilmaydi. Negaki, to‘liq izolyasiya bilan ta’minlay oladigan ko‘plab boshpanalari mavjud», — dedi bir necha yil avval Shimoliy Koreyadan qochib ketgan yuqumli kasalliklar bo‘yicha ekspert Chxoy Chun-xun.

Oxirgi ma’lumotlarga ko‘ra, Xitoyning COVID-19ga qarshi to‘rtta vaksinasi klinik sinovlarning yakuniy bosqichida turibdi. Ulardan uchtasi allaqachon favqulodda foydalanish dasturiga kiritilgan bo‘lishi mumkin.

Shimoliy Koreya koronavirusga qarshi kurashda tashqi yordamga muhtoj emasligini muntazam ravishda aytib kelmoqa. Ma’lumotlarga ko‘ra, pandemiya boshlangandan beri mamlakatda birorta ham yuqtirish holati qayd etilmagan, faqat bir marta shubha paydo bo‘lgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring