Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Kashpirovskiy Putindan rossiyaliklarni koronavirusga qarshi emlatmaslikni so‘radi

Kashpirovskiy Putindan rossiyaliklarni koronavirusga qarshi emlatmaslikni so‘radi

Foto: «Chita.ru»

Rossiyalik ekstrasens Anatoliy Kashpirovskiy Rossiya prezidenti Vladimir Putinga koronavirusga qarshi ommaviy emlanishdan bosh tortishni so‘rab murojaat qildi. Tegishli videomurojaat «YouTube»ga joylangan.

Kashpirovskiy odamzod turli yillarda turli pandemiyalarga duch kelganini eslatdi: vabo, o‘lat, chechak, parranda grippi, ispanka.

«Ana endi koronavirus pandemiyasiga navbat keldi. Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, u ilk bor taxminan 2012- yillarda paydo bo‘lgan. Bungacha-chi? Bu pandemiyaning qandaydir yangi ko‘rinishi. Biroq juda dahshatli, chunki o‘pkada qo‘rqinchli iz qoldiradi. Ko‘pchilik uning borligiga shubha qilishadi. Bor. Ko‘pgina o‘lganlar bor», — dedi u.

Ekstrasensning so‘zlariga ko‘ra, shundan so‘ng butun olam vaksinatsiya haqida gapira boshladi. «Bill Geyts boshidanoq vaksinatsiya bo‘lishini ochiq aytdi. Uning o‘zi ham dunyoda yangi tartib o‘rnatishga va Yer yuzini keraksizlardan tozalashga qaror qilgan xalqaro tashkilotlardan birining a’zosi hisoblanadi. Keraksizlar esa ko‘p», — deya qo‘shib qo‘ydi Kashpirovskiy. Jamoatchilikning noroziligidan so‘ng Geyts «o‘zini oqlay boshladi».

Ekstrasensning aytishicha, pandemiyadan so‘ng dunyo bo‘ylab odamlarning dahshatli halokati boshlanadi. Rossiya sog‘liqni saqlash vazirligi esa koronavirusga qarshi vaksina yaratilgani va vaksinatsiyaning majburiy ekanligi to‘g‘risida ma’lum qildi. Kashpirovskiyning ta’kidlashicha, bu kampaniya ko‘plab rossiyaliklar, jumladan, ayollar va keksalarni halok qilishi mumkin.

«Vladimir Vladimirovich, himoya qiling», — deya murojaat qilgan u Putinga.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring