Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Video: «Karantindan qochganlar oila a’zolarini xavfga qo‘ydilar» – IIV

Video: «Karantindan qochganlar oila a’zolarini xavfga qo‘ydilar» – IIV

Videolavhadan skrinshot

Joriy yilning 27-fevralidan 22-martiga qadar chegara orqali yurtimizga kirib kelgan 837 000 fuqaro tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi. Shundan epidemik vaziyat noxush bo‘lgan davlatlardan kelgan 19 479 nafar shaxs 14 kunlik karantinga olingan, shundan 6 748 nafari karantindan chiqarilgan, qolgan 12 731 nafari tibbiy kuzatuvda qolmoqda. Ulardan 7 416 nafari tibbiyot maskanlarida, 5 315 nafari esa uylarida karantinga olingan. Bu haqda Ichki ishlar vazirligining matbuot xizmati rahbari Shohrux G‘iyosov videomurojaatda ma’lum qildi.

Murojaatda uy karantinidagilar viloyatlar kesimida ham keltirilgan. Shuningdek, karantin qoidalarini buzgan fuqarolar ma’muriy va jinoiy javobgarlikka tortilgani aytiladi. Eng achinarlisi, karantindan qochgan shaxslar nafaqat o‘zining, yon atrofdagilar, eng avvalo, o‘z oila a’zolari sog‘lig‘ini xavfga qo‘yadilar. Mavjud tartib-qoidalarni buzib, o‘z yaqinlari bilan ko‘rishishlari natijasida qarindoshlarning ham bir necha nafarini karantinga olishga to‘g‘ri kelgan.

Quyidagi videodan batafsil ma’lumot olishingiz mumkin.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring