Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Karantin qachon tugaydi? Koronavirus haqidagi savollarga javob berildi

Karantin qachon tugaydi? Koronavirus haqidagi savollarga javob berildi

AOKAda Sanitariya-epidemiologiya nazorati davlat inspeksiyasi boshlig‘i Nurmat Otabekov ishtirokida brifing o‘tkazildi. Brifing davomida mutaxassis karantin muddati va koronavirus kasalligi haqida fuqarolardan tushgan savollarga javob qaytardi.

— Farg‘ona viloyatidagi 26 nafar koronavirusga chalingan bemorlar kasallikni qayerda yuqtirib olishgan?
— Farg‘ona viloyatida umumiy qayd etilgan 26 nafar bemorning 17 nafari maxsus charter reyslarida koronavirus infeksiyasi bo‘yicha epidemik noxush hududlardan olib kelingan hamyurtlarimiz orasida aniqlangan.

— Oziq-ovqat do‘konlari ham dezinfeksiya qilinadimi? Agar dezinfeksiya qilinsa mahsulotlar mazasi va sifati o‘zgarmasligiga kim kafolat beradi?
— Oziq-ovkat maxsulotlari do‘konlarida xam zararsizlantirish ishlari olib boriladi. Mahsulotlar ifloslanmasligi uchun ular albatta o‘ramlarda bo‘lishi shart. O‘rami buzilgan va ochiq holatda saqlanayotgan maxsulotlarni kleyonka, sellofan va boshka zararsizlantiruvchi eritmalarni o‘tkazmaydigan vositalardan foydalanish talab etiladi.

— Respublikada boshlangan karantin qachon tugatiladi?
— Koronavirusga chalingani oxirgi aniqlangan bemor shifoxonaga yotqizilgandan keyin (alohidalangandan) 14 kun o‘tgandan keyin va bu holatga to‘liq ishonch hosil qilgandan keyin karantinni bekor qilish masalasi ko‘rib chiqiladi.

— Koronavirus infeksiyasiga gumon qilingan bemorlarni ko‘rish uchun qarindoshlari shifoxonaga borishi mumkinmi?
— Mumkin emas. Ushbu cheklovlar koronavirus infeksiyasi tarqalishining oldini olish uchun belgilangan.

— Koronavirusdan davolanib shifoxonadan chiqqandan keyin uyda nimalarga rioya qilish kerak?
— Bemor shifoxonadan chiqqandan keyin shaxsiy gigiyena qoidalariga rioya qilishi, ya’ni ko‘lni tez-tez yuvishi, xonani shamollatib turishi va uyda odamlarni ortiqcha yig‘ilishiga yo‘l qo‘ymaslik, tibbiy xodimlar kuzatuvida bo‘lishlari va ular tavsiyalariga rioya etishlari kerak.

— Karantin davrida bitta niqobdan qancha muddatga foydalanish mumkin?
— Karantin davrida niqobni xar 3 soatda almashtirish zarur. O‘zbekiston Respublikasi Bosh Davlat sanitariya vrachining 2020 yil 19 martdagi 4-sonli qarorida ko‘rsatib o‘tilgan.

— COVID-19 koronavirusni hech qanday alomatlar bo‘lmagan odamdan yuqtirish mumkinmi?
— Virus asosan yo‘talganda yoki aksirganda nafas yo‘llaridan ajralib chiqqan tomchilar orqali yuqadi. Kasallikning erta bosqichlarida ko‘p odamlarda COVID-19 alomatlari juda yengil namoyon bo‘ladi. Demak, o‘zini tetik his qilgan, lekin quruq yo‘tal bo‘lgan bemorlardan infeksiya yuqish xavfi mavjud.

— Koronavirusning oldini olishda nimalarni bajarish foydasiz?
— Quyidagilar COVID 19 qarshi kurashishda yordam bermaydi:
• tamaki mahsulotlarini chekish;
• bir necha qavat niqob taqish;
• antibiotiklar qabul qilish.

— Koronavirus kasalligining oddiy grippdan farqi nimada?
— Koronavirus infeksiyasining gripp va boshqa o‘tkir respirator kasalliklaridan eng birinchi farqi bu kasallik qo‘zg‘atuvchisi har xil bo‘lib, kasalliklarning yashirin davrida, klinik belgilarida va boshqalarda kuzatish mumkin.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring