Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Isroil sog‘liqni saqlash vaziri koronavirusga chalindi

Isroil sog‘liqni saqlash vaziri koronavirusga chalindi

Yaakov Litsman

Foto: Pool via AP

Isroil sog‘liqni saqlash vaziri Yaakov Litsman koronavirusga chalindi. U va uning rafiqasi topshirgan tibbiy tahlil natijalari kasallik borligini ko‘rsatgan.

Vazir ayni vaqtda o‘z uyida karantinga olingan va masofadan ishlash tizimida faoliyatini davom ettirmoqda. Eslatib o‘tamiz, biroz vaqt muqaddam Isroil bosh vaziri maslahatchisi Rivak Paluxda ham koronavirus borligi aniqlangan edi.

Palux oxirgi marta bosh vazir Binyamin Netanyaxu bilan 26 martda muloqotda bo‘lgan. U o‘z turmush o‘rtog‘idan kasallikni yuqtirib olgan bo‘lishi tahmin qilinmoqda.

Isroil fuqarolariga koronavirus pandemiyasi tufayli uydan chiqish taqiqlangan. Xabar qilinishicha, bu yerda kasallikka chalinganlar soni 6092 nafarni tashkil etadi va ulardan 26 nafari vafot etgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring