Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Koronavirus: Eronda ayanchli rekord yangilandi

Koronavirus: Eronda ayanchli rekord yangilandi

Foto: «Imp-navigator.livejournal.com»

Eronda pandemiya boshlangandan buyon koronavirus qurbonlari soni bo‘yicha yangi rekord qayd etildi: bir kecha-kunduzda 163 kishi hayotdan ko‘z yumdi. Bu haqda mamlakat sog‘liqni saqlash vazirligi rasmiy vakili Sima Sadat Lari ma’lum qilgan.

Bundan oldingi antirekord 29-iyun kuni qayd etilgandi — o‘shanda 162 kishi vafot etgan.

«IRINN» telekanali efirida sog‘liqni saqlash vazirligi vakilining ta’kidlashicha, o‘tgan bir kecha-kunduzda 2560 kishida koronavirus aniqlangan, 163 kishi olamdan o‘tgan.

19-fevralda hukumat tomonidan birinchi marta COVID-19 koronavirus infeksiyasi aniqlanganligi haqidagi xabar e’lon qilingandan beri umumiy kasallanganlar soni 240 438 kishiga yetgan, ulardan 11 571 nafari vafot etdi. Shu paytgacha 201 330 kishi tuzalgan.

14-iyun kuni Eronda ikki oydan ortiq vaqt davomida ilk bor koronavirus tufayli 100 dan ortiq o‘lim qayd etildi. Bunday ko‘rsatkich oxirgi marta 13-aprelda qayd etilgandi.

Iyun oyining boshlarida Eronda karantin qoidalari yumshatilib, ommaviy yig‘ilishlar ko‘paygandan so‘ng koronavirus tarqalishi avj oldi.

Epidemiologik vaziyat yomonlashishi munosabati bilan Eron hukumati 5-iyuldan mamlakatning koronavirus keng tarqalgan hududlarida, jamoat joylarida va yopiq xonalarda niqob taqishni majburiy qilib qo‘ydi.

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring