Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«Ipotekabank»ning 25 nafar xodimi karantinga olindi

«Ipotekabank»ning 25 nafar xodimi karantinga olindi

Foto: «Xabar.uz»

Joriy yilning 24-may, yakshanba kuni «Ipotekabank» bosh ofisida ishlovchi xodimda koronavirus infeksiyasi aniqlanganligi ma’lum qilingandi.

Bank ushbu holat yuzasidan rasmiy xabar berdi.

Unga ko‘ra, karantin davri boshlangandan beri, bankning Bosh ofisida jami xodimlarning 30 foiziga yaqini ishxonada ishlashiga ruxsat etilgan hamda xodimlarning aksariyat qismi masofadan ishlashga o‘tkazilgan va qolganlariga mehnat ta’tili berilgan.

Bugungi kunda infeksiya aniqlangan xodim shifokorlar nazoratiga olingan hamda u bilan yaqin aloqada bo‘lgan 25 nafar xodim esa karantinga olingan.

Hozirda bankning bosh ofisida ish faoliyatini davom ettirayotgan barcha xodimlar COVID-19 ga test topshirmoqdalar.

Ushbu holat bankining asosiy faoliyatiga o‘z salbiy ta’sirini ko‘rsatmaydi hamda barcha filiallarda bank  xizmatlari ko‘rsatilishi davom etadi.

Shuningdek, bankda ish faoliyati karantin talablariga qat’iy rioya qilingan holda davom ettirilmoqda:

  • bank binosi xonalari har kuni ikki marta dizinfeksiya qilinadi;
  • bank binosiga kirishda barcha xodimlar harorati o‘lchanadi;
  • har bir xonalarda antiseptik vositalar mavjud;
  • xodimlar tibbiy niqoblar bilan har kuni ta’minlanadi;
  • barcha xodimlar sanitariya qoidalariga amal qilgan holda, tibbiy niqobda ijtimoiy masofani saqlagan holda faoliyat olib bormoqdalar.

Bank bo‘limlariga kelgan mijozlardan masofa saqlagan holda, tibbiy niqobda bank binolariga kirishlarini hamda sanitariya qoidalariga qat’iy amal qilishlarini so‘rab qolamiz, — deyiladi xabarda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring