Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«Imi-jimi»da kichik marosimlarni o‘tkazib yuborsa bo‘ladimi? IIV javob berdi

«Imi-jimi»da kichik marosimlarni o‘tkazib yuborsa bo‘ladimi? IIV javob berdi

AOKA huzuridagi shtabda Ichki ishlar vaziri matbuot kotibi Shoxruh G‘iyosov ishtirokida brifing o‘tkazilmoqda. Brifing davomida kecha Yunusobod tumanida bo‘lib o‘tgan to‘y marosimi haqida savol berildi.

— To‘y marosimi o‘tkazayotgan otaxon haqida «Axborot»da ko‘rdik. Ularga nisbatan qanday chora ko‘rildi? Zarur holatlarda «imi-jimida» kichik yig‘inlarni o‘tkazib yuborsak bo‘ladimi, bunda qarindoshlardan tashqari xech kimni taklif etmaymiz. Shunga javob bering.

— Haqiqatan ham 28 mart kuni Toshkent shahri, Yunusobod tumanida yashovchi 1965 y.t. fuqaro qizini uzatish maqsadida «kuyov navkar» marosimini o‘tkazgan. Tadbirga, o‘zining qarindoshlarini, kuyov va uning do‘stlarini taklif etgan.

Vaholatki bir kun oldin bu fuqaro profilaktika inspektori va mahallari raisi tomonidan bunday tadbir o‘tkazish karantin qoidalarini qo‘pol ravishda buzish ekanligi haqida rasmiy ravishda tilxat olib ogohlantirgan.

Hozirda, ushbu fuqaroga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JKning 257 prim 1-moddasi, ya’ni epidemiyaga qarshi kurash qoidalarini buzish bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Savol yuborgan fuqaroga eslatib o‘tamiz «imi-jimida» to‘y marosimini yoki boshqa yig‘inlarni o‘tkazish taqiqlangan. Agar ichki ishlar organlari to‘y yoki boshqa marosimlarni o‘tkazayotganingizni aniqlasa, siz jinoiy javobgarlikka tortilasiz.

Albatta dafn marosimlari bundan mustasno.

Xozircha savollar shu, agar aholida boshqa savollar bo‘lsa biz javob berishga tayyormiz. Fuqarolarimizdan karantin qoidalariga qat’iy rioya qilishlarini so‘rab qolamiz. Rahmat.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring