Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Mass-media fondi ijtimoiy himoyaga muhtoj jurnalistlarga yordam ko‘rsatadi

Mass-media fondi ijtimoiy himoyaga muhtoj jurnalistlarga yordam ko‘rsatadi

Foto: Komil Allamjonovning rasmiy telegram-kanali

Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi 100 nafar jurnalistga moddiy yordam ko‘rsatishni boshladi. Bu haqda fond direktori Komil Allamjonov ma’lum qildi.

«Xavfsiz yordam» loyihasini davom ettirgan holda jurnalistika va telekommunikatsiya sohasining 100 nafar vakillari ro‘yxatini shakllantirdik. Mazkur ro‘yxatning asosini jurnalistika sohasida uzoq yillar faoliyat yuritgan faxriylar tashkil qildi, shuningdek salomatligini tiklash uchun davolanayotgan hamda turli oilaviy sabablarga ko‘ra ijtimoiy himoyaga muhtoj bo‘lgan jurnalistlar ham kiritildi. Ro‘yxatni shakllantirishda, tegishli tashkilotlar hamda ijtimoiy tarmoqlardagi jurnalistlar guruhlari yaqindan yordam berishdi»,-deb yozadi Komil Allamjonov.

Fond tomonidan ro‘yxatdagilarga ikki bosqichda jami 150 million so‘mlik moddiy yordam ko‘rsatiladi. Xususan, birinchi bosqichda ularning uylariga oziq-ovqat mahsulotlari to‘plami yetkazilish boshlangan bo‘lsa, keyingi bosqichda ularning har biriga maxsus plastik kartochkalarda 1 mln so‘mdan pul mablag‘lari taqdim etiladi.

«Biz bugungi sinovli kunlarda moddiy yordamga muhtoj hamkasblarimizni qo‘llab-quvvatlash uchun barcha imkoniyatlarni ishga solishni o‘z burchimiz deb bilamiz»,-deya qo‘shimcha qilgan fond rahbari.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring