Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Ichib olib karantin qoidalarini buzgan hokim politsiyachilar oldida o‘zini o‘lganga solib yotdi

Ichib olib karantin qoidalarini buzgan hokim politsiyachilar oldida o‘zini o‘lganga solib yotdi

Foto: «elcomercio.pe»

Peruda Tantar shaharchasi hokimi Xayme Ronaldo Urbina Torres karantin qoidalarini buzganligi uchun uni hibsga olishga kelgan politsiyachilar oldida o‘zini o‘lganga solib yotdi, deya xabar berdi «El Comercio» nashri.

Huquq-tartibot idoralari xodimlari Torresni tobutda qimirlamasdan yotgan holida topishdi. Mast hokim yuziga filtrlovchi niqob ham taqib olgandi.

Bundan bir necha kun oldin do‘stlari davrasida o‘tkir spirtli ichimliklar iste’mol qilayotganini ko‘rishgan. Shishadoshlari ijtimoiy masofa saqlash u yoqda tursin, hatto, himoya vositalaridan ham foydalanishmagan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, shahar aholisi ham hokimning faoliyatidan norozi: 9-may kuni aholi bilan uchrashuv o‘zaro haqoratlar bilan yakunlangan. Torresni karantin choralarini vaqtida amalga oshirmaganlikda ayblashmoqda. Ustiga-ustak, o‘zi shaharni tark etgan, epidemiya boshlangandan beri ikki oydan atigi 8 kunni shaharda o‘tkazgan.

Jons Xopkins universiteti hisob-kitoblariga ko‘ra, Peruda koronavirusga chalingan 104 ming kishi qayd etilgan, shundan 3 ming nafari hayotdan ko‘z yumgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring