Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Hindistondagi shifoxonada koronavirusdan davolanayotgan 9 kishi yong‘in tufayli halok bo‘ldi (video)

Hindistondagi shifoxonada koronavirusdan davolanayotgan 9 kishi yong‘in tufayli halok bo‘ldi (video)

Foto: «Timesofindia.indiatimes.com»

Hindistonning Andxra-Pradesh shtatida koronavirusni yuqtirganlar uchun gospital sifatida foydalanilayotgan mehmonxonada sodir bo‘lgan yong‘in oqibatida 9 kishi halok bo‘ldi, 15 kishi jarohatlangan. Bu haqda 9- avgust, yakshanba kuni «NDTV» telekanali efirida xabar berilgan.

Yong‘in Vijayavada shahrida qisqa tutashuv tufayli sodir bo‘lganligi aniqlandi. Shikastlanganlarning bari zudlik bilan shifoxonaga yetkazilgan, ularning ayrimlari og‘ir ahvolda, deya ta’kidladi politsiyachilar.

Telekanalning ma’lum qilishicha, yong‘in tufayli bemorlar vahima ko‘tarishgan, bir nechtasi o‘zini derazadan tashlagan. Binoda jami 22 nafar bemor davolanayotgan bo‘lgan.

Hindistonda 2,08 million kishi koronavirusni yuqtirgan. Mamlakat infeksiyadan eng ko‘p zarar ko‘rgan davlatlar orasida dunyo bo‘yicha uchinchi o‘rinda turibdi.

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring