Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Hayit namozini uyda o‘qishga ruxsat berilgani haqida xabarlar tarqalmoqda, biroq...

Hayit namozini uyda o‘qishga ruxsat berilgani haqida xabarlar tarqalmoqda, biroq...

Bugun AOKA huzuridagi shtabda O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisining birinchi o‘rinbosari Homidjon Ishmatbekov ishtirokida brifing o‘tkazildi.

Qayd etilishicha, Ramazon hayiti kunlari ham epidemik holat mavjudligi va odamlarning hayotiga xavf saqlanib qolishi sababli juma va boshqa namozlar kabi Iyd namozini ham jamoat bo‘lib o‘qishning iloji bo‘lmaydi.

Shu sababli 2020-yilgi Ramazon hayiti (Iydul fitr) namozini pandemiya davrida jamoat bo‘lib o‘qish imkoniyati mavjud emasligi nuqtai nazaridan mo‘min-musulmonlarning zimmasidan ushbu ibodatni ado etish soqit bo‘ladi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Ulamolar kengashi tomonidan yurtdoshlarimizga hayit kuni quyosh terak bo‘yi ko‘tarilgandan keyin o‘z xonadonlarida to‘rt rakatli nafl namozi o‘qishlari tavsiya etiladi.

Ijtimoiy tarmoqlarda bu yilgi Ramazon hayiti namozini uyda o‘qishga ruxsat berilgani haqida xabarlar tarqamoqda. Biroq hayit namozi durust bo‘lishi uchun hayit namozi o‘qilishiga umumiy ruxsat (izni omma) bo‘lishi va hayit namozini odamlarga muftiy tomondan tayinlangan kishi o‘qib berishi kerak. Hayit namozi uyda o‘qilganda mana shu shartlar topilmaydi. Buning natijasida namoz durust bo‘lmaydi. Demak, bu yil karantin sababli uyda hayit namozi o‘rniga nafl namoz o‘qiladi.

Zuho namozini o‘qish tartibi haqidagi batafsil ma’lumotlarni O‘zbekiston musulmonlari idorasining www.muslim.uz saytida o‘qishlari mumkin.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Ulamolari Kengashining Bayonotida karantin talablaridan kelib chiqib, muborak Ramazon hayiti arafasida va hayit kunlari o‘tgan marhumlarning haqlariga qilinadigan duoi fotihalarni qat’iy ravishda xonadonlarda, oila davrasida bajarishlari, yoshi ulug‘ keksalarimiz va bemorlar holidan xabar olish hamda hayit bilan tabriklash va boshqa milliy urf-odatlarimiz bilan bog‘liq an’analarimizni karantin talablariga qat’iy amal qilgan holda bajarishlari tavsiya etilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring