Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

G‘arb nega Rossiya vaksinasini tan olishni xohlamayapti?

G‘arb nega Rossiya vaksinasini tan olishni xohlamayapti?

Foto: «Embed.dailystorm.ru»

Rossiyaning koronavirusga qarshi vaksina ishlab chiqishga bo‘lgan yondashuvi vaqti kelib o‘z samaradorligini isbotlaydi. Bu haqda Rossiya to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar fondi bosh direktori Kirill Dmitriyev «CNN» efirida ma’lum qildi.

«Olti oydan so‘ng preparat muvaffaqiyatli deb topilsa, nima uchun ayrim davlatlar uni ko‘r-ko‘rona rad etgani haqida ko‘p savollar paydo bo‘ladi», — dedi u. Dmitriyev bu dunyodagi ilmiy emas, siyosiy vaziyat bilan bog‘liqligini ta’kidlamoqda: «Agar Rossiya AQSh bozoriga suvni chiqaradigan bo‘lsa, uning xavfsiz emasligi, unga aroq qo‘shilgani yoki retsept o‘g‘irlanganini iddao qilishlari ehtimoldan xoli emas».

Uning fikricha, Rossiya «ertagayoq o‘n millionlab odamlarga vaksina qilmoqchi emas. Uni sekin-asta va ehtiyotkorlik bilan qo‘llay boshlashadi». Biroq Kirill allaqachon o‘zi, rafiqasi va ota-onasi emlanganini ma’lum qildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring