Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Finlyandiyada maktablarni 14-maydan ochishmoqchi

Finlyandiyada maktablarni 14-maydan ochishmoqchi

Foto: «Visasam.ru»

Finlyandiyada maktablarni 14-maydan ochishmoqchi. Maktablar koronavirus epidemiyasi sababli mart oyida yopilgandi.

«Xinhua» xabariga ko‘ra, Finlyandiya bosh vaziri Sanna Marin maktablar 14-mayda ochilishini e’lon qilgan, biroq faqat to‘qqizinchi sinfgacha bo‘lganlar maktabga qaytadi, yuqori sinflar esa o‘qishni masofadan davom ettiradi.

Finlyandiyada ham, xuddi bizdagi kabi, o‘quv yili may oyi oxirida nihoyasiga yetadi. Koronavirus xavfi tufayli bu yil bitiruvga bag‘ishlangan hech qanday marosimlar o‘tkazilmaydi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring