Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Farg‘onada koronavirusga chalingan bemorning ahvoli og‘ir – SSV

Farg‘onada koronavirusga chalingan bemorning ahvoli og‘ir – SSV

Illyustrativ foto

Ayni paytda Farg‘ona viloyatida koronavirus infeksiyasiga chalingan 26-nafar bemor viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasida davolanmoqda.

Sog‘liqni saqlash vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi xabariga ko‘ra, ular orasida yaqinda Umra safaridan qaytgan, shu yilning 24 mart kuni koronavirus infeksiyasi aniqlangan bemorning ahvoli yomonlashgan. 

59 yoshli ushbu bemor shu vaqtgacha surunkali o‘pka va gipertoniya xastaligi bilan dispanser nazoratida turgan. Hozirda viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasida davolanayotgan bemorda o‘tkir nafas yetishmovchiligi ikkinchi darajasi kuzatilmoqda. U ayni paytda sun’iy nafas olish apparatiga olingan. 

Shifokorlarimiz belgilangan standart va tavsiyalarga asosan zarur tibbiy xizmat ko‘rsatmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring