Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yevropada kovid qurbonlari soni bir milliondan oshdi

Yevropada kovid qurbonlari soni bir milliondan oshdi

Foto: «Infosmi.net»

Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining Yevropa mintaqasida COVID-19 qurbonlari soni bir milliondan oshdi, deya ma’lum qildi payshanba kuni bo‘lib o‘tgan brifingda JSST Yevropa vakolatxonasi rahbari Xans Klyugge.

«O‘tgan hafta Yevropa mintaqasida COVID-19 tufayli vafot etganlar soni 1 milliondan oshdi. Mintaqadagi vaziyat jiddiy. Har hafta 1,6 millionta yangi yuqtirish holatlari qayd etilmoqda. Bu har soatda 9500 kishi yoki daqiqasiga 160 kishi degani», — deydi u.

Uning so‘zlariga ko‘ra, bir qator mamlakatlarda yangi COVID-19 holatlari pasayishi mumkinligi to‘g‘risida dastlabki signallar mavjud. Shu bilan birga, virusning aholi orasida tarqalishini kamaytirish muhim bo‘lib qolmoqda.

Klyugge hozirgi kunga qadar JSSTning Yevropa mintaqasida 171 million dozada yettita COVID-19 vaksinasi tarqatilganligini eslab o‘tdi. Yevropa aholisining qariyb 13% birinchi dozani oldi, aholining qariyb 7% emlashni yakunladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring