Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Dunyoda «birinchi» deb aytilayotgan «COVID-19» vaksinasining sinovlari yakunlandi

Dunyoda «birinchi» deb aytilayotgan «COVID-19» vaksinasining sinovlari yakunlandi

Foto:«BBC»

«Sechenov universitetida dunyoda birinchi koronavirus vaksinasini o‘rganish muvaffaqiyatli yakunlandi, ko‘ngillilarning birinchi guruhi chorshanba kuni, ikkinchisi 20-iyul kuni uylariga kuzatiladi», deya ma’lum qilgan Sechenov universitetining ma’sullaridan biri.

Bu haqda RIA «Novosti» xabar berdi.

Avvalroq Rossiya sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati 18 iyun kuni Sechenov universitetida Milliy epidemiologiya va mikrobiologiya ilmiy markazi tomonidan ishlab chiqilgan koronavirusga qarshi vaksinaning klinik sinovlari boshlanganligi haqida xabar bergan.

Sechenovskiy universiteti Tibbiy parazitologiya, Tropik va Vektorli kasalliklar instituti direktori Aleksandr Lukashev RIA Novosti bilan suhbatda ta’kidlashicha, tadqiqotning ushbu bosqichining maqsadi vaksinaning inson salomatligi uchun xavfsizligini ko‘rsatish edi.

O‘z navbatida, Tarasov ko‘ngillilar koronavirus bilan infeksiyani oldini olish uchun uzoq vaqt davomida izolyasiya qilinganligini, sinovlar boshlanishidan oldin tashqi dunyo bilan aloqa qilish imkoniyati cheklanganligini ta’kidladi.

Uzoq izolyasiya, Tarasovning so‘zlariga ko‘ra, ko‘ngillilarning psixologik holatiga ta’sir qildi, tadqiqot davomida nizolar, emotsional stress kuchaygan, shuning uchun psixologlar ham qiyin sharoitlarda yuzaga kelgan keskinlikni kamaytirish uchun qo‘shilishgan.

Ammo, tez orada ko‘ngillilar odatiy hayotlariga qaytadilar, sport bilan shug‘ullanishlari , o‘qishlari va ishlashlari mumkin bo‘ladi, dedi u. - 15 va 20 iyul kunlari rejalashtirilgan tushirishdan keyin ularning sog‘lig‘i nazorat qilinadi - shifokorlar ularning immuniteti qanday bo‘lishini baholaydilar.

«Biz ushbu vaksina bilan ishladik, klinikadan oldingi tadqiqotlar va protokollarni ishlab chiqishdan boshlab, hozirda klinik sinovlarni o‘tkazmoqdamiz», - dedi Tarasov.

Ammo eslatib o‘tmoqchimizki, bu vaksinani JSST hali tasdiqlagani yo‘q. Bu vaksina faqat rossiyalik olimlarning izlanishi natijasi ekanligi ma’lum. Hozircha bu vaksinaning yaratilishida Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining ishtiroki ochiqlanmagan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring