Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«COVID-19» infeksiyasini o‘ta og‘ir o‘tkazgan yana ikki bemor vafot etdi

«COVID-19» infeksiyasini o‘ta og‘ir o‘tkazgan yana ikki bemor vafot etdi

Foto:«Xabar.uz»

Afsuski, so‘nggi soatlarda koronavirusga chalingan ikki bemor olamdan o‘tdi. Bu haqda SSV matbuot xizmati xabar berdi. 

Qashqadaryo viloyati Qarshi shahrida yashagan 35 yoshli U.Yu. (ayol)da 14 iyul kuni isitma, hansirash va havo yetishmasligi kabi shikoyatlari dinamikada kuchayganligi sababli Qarshi shahar tug‘ruq kompleksining ginekologiya bo‘limiga og‘ir ahvolda olib kelingan. 

Unga «COVID-19» infeksiyasining o‘ta og‘ir kechishi, ikki tomonlama pnevmoniya tashxisi qo‘yilgan. Xastalik o‘tkir nafas yetishmovchiligi asorati bilan kechgan.

Bemorning ahvoli keskin yomonlasha boshlagan va intubatsiya qilingan, o‘pka-yurak reanimatsiyasi o‘tkazilgan.

Mutaxassislar tomonidan to‘liq hajmda, standart asosida o‘tkazilgan reanimatsion muolajalarga qaramasdan bemor o‘tkir nafas va yurak qon-tomir yetishmovchiligidan vafot etgan.

Yana bir o‘lim Namangan shahrida sodir bo‘ldi. 62 yoshli J.Sh. (ayol)da «COVID-19» tasdiqlangach, u viloyat yuqumli kasalliklari shifoxonasiga yotqizilgan.

Unga «COVID-19» infeksiyasining o‘ta og‘ir kechishi, ikki tomonlama pnevmoniya tashxisi qo‘yilgan. Xastalik o‘tkir nafas va yurak yetishmovchiligi asoratlari bilan kechgan.

Shuningdek, bemor qandli diabet (II tip, insulinga muhtoj shakli), bronxial astma kabi hamroh kasalliklar bilan ham og‘rigan.

20-iyul kuni bemorning ahvoli og‘irlashib, unga o‘pka-yurak reanimatsiyasi o‘tkazilgan hamda sun’iy nafas berish apparatiga ulangan.

O‘tkazilgan reanimatsion choralar samara bermay, u o‘tkir nafas va yurak qon-tomir yetishmovchiligidan vafot etgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring